Indiana University Bloomington
 
CTILD

Home

Gallery

Site Map

Primers For Vowel Alternations

  • /i/ ~ /u:/
Literary languageTashkent dialectEnglish
Eshigingiz bekik ekan.Eshigiz beku:vakan. Your door is closed.
Beshik tebratib o’tiribman.Beshu:v tervatib o’tirimman. I’m rocking the cradle.
Qatiq ichgim kelyapti.Qatuv ichkim kevotti. I want to have some yogurt.
Samarqandga borib keldik.Samarqanga borip keldu:. We took a trip to Samarkand.
Sho’rvaning ko’pigini olib tashlang.Sho’rvaning ko’pugini optasheng.Remove the foam from the soup.
Ko’prikdan o’tishga qorqaman.Ko’pru:vdan o’tishka qorqaman.I’m afraid to cross bridges.
Qo’llaring buncha nozik!Qo’llarin muncha no:zuv!Your hands are so delicate!
Chirik darxtni kesib tashladik.Churu:v daraxxi kesip tashadiy.We cut down the dead tree.
Etikni necha pulga oldingiz?Etu:vni nech pulga oldiz?How much did you get the boots for?
Eshikni ochib qo’ying.Eshu:vni ochib qo’ying.Open the door.
Eshikma-eshik yurmang.Eshu:vma-eshu:v yurmeng.Don’t go from house to house.
Baliq go’shtini yaxshi ko’raman.Balu: go’shini yaxshi ko’raman.I like eating fish.
Iliq-miliq sut ichishni yoqtirmayman.Ilu:-milu: sut ichishshi yoqtirmayman.I don’t like warm milk.
Ovqatning yaxshi chiqishi masalliqqa ham bog’liq.Ovqatti yaxshi chiqishi masallu:gayam bo:g’lu:.How food turns out also depends on the ingredients.
Bedananing uyi yo’q, qayga borsa pitpildiq.Bedanani uyi yo’:, qatka borsa pitpildu:.He’s an easy-go-lucky guy.
Soliqlarni to’ladingizmi bu yil?Solu:lani to’ladizmi bu yil?Did you pay the taxes this year?
Qiliq qilmagin.Qilu: qimagin.Don’t play games. (Don’t be difficult.)
Bu narsa sizga ham bog’liq.Bu narsa sizgayam bo:g’lu:.This depends on you as well./This relates to you as well.
  • /u/ ~ /o'/
Literary languageTashkent dialectEnglish
Uyga ketaylik.O’yga ketiyluv.Let’s go home.
Akamlar o'g'illarini uylantiryaptilar.Akamla o'g'illarini o'ylantirvottila.My older brother is marrying off his son.
  • /e/ ~ /i/
Literary languageTashkent dialectEnglish
Ehtiyot bo’ling.Ihtiyot bo’ling.Be careful.
U yaxshi odam edi.U yaxshi odamidi.He was a good person.
  • /e/ ~ /a/
Literary languageTashkent dialectEnglish
Nevaralarim hovlida koptok o’ynashyapti.Navaralarim hovlida kopto: o’ynashvotti.My grandkids are playing in the garden/yard.
Chevaralarim ham ko’p.Chavaralarimam ko’p.I also have a lot of great-grandchildren.
Yaqinda yana bitta evaralik bo’lay deyapman.Yaqinda yana bitta avarali bo’liy divomman.I’m about to have another great-great-grandchild.
  • /a/ ~ /i/
Literary languageTashkent dialectEnglish
Men bugun ishga bormayman.Man bugun ishka bormiyman.I will not go to work today.
Akam menga diskotekaga borishga ruxsat bermaydilar.Akam manga diskotekaga borishka ruxsat bermilla.My older brother doesn’t let me go to dance clubs.
  • /a/ ~ /o/
Literary languageTashkent dialectEnglish
Ko'p vahima qilma.Ko'p vohma qima. 
U xatimga bir haftadan keyin javob yozdi.U xatimga bir haptadan keyin jovop yozdi.He wrote me back a week later.
Bahorda hamma yoq chiroyli bo’lib ketadi.Bohorda hammayo: chiroyli bo’p ketadi.Everywhere is beautiful in the spring.
  • /a/ ~ /e/
Literary languageTashkent dialectEnglish
Bunday gaplar hammaga ham aytilmaydi.Bunaqa gapla hammagayam etilmiydi.You can’t say things like this to everyone.
Bu gapni unga shanba kunigacha aytmay turing.Bu gappi unga shambi kungacha etmiy turin.Don’t tell him this until Saturday.
  • /a/ ~ /o'/
Literary languageTashkent dialectEnglish
Bugun savdo yaxshi bo'lmadi.Bugun so'vda yaxshi bo'madi. 
Sartarosh sochimni yaxshi ola olmadi.Sartorosh chochimmi yaxshi olo:madi.The barber did a bad job of cutting my hair.
  • /o/ ~ /o'/
Literary languageTashkent dialectEnglish
Dovyurak odam ekansiz.Do'vyurey odamakansis.You are very brave person.
Kuyovimni juda xursand qilib yubordim.Kuyo'vimmi ja xursan qivordim.I made our son-in-law very happy.