Indiana University Bloomington
 
CTILD

Home

Gallery

Site Map

Literary languageTashkent dialectEnglish
U bilan qamoqda tanishgan ekan. U bilam qamo:da tanishkanakan.He met him in prison.
U bo’yniga uzun ipak sharf o’rab olgan edi. U bo’yniga uzun ipey sharp o’ravoganiydi.She had a long silk scarf wrapped around her neck.
U bozorda mandarin sotayotgan ekan. U bozorda mandarin sotvotkanakan.He was selling tangerines in the market.
U bunday yengil jazo bilan qutulib keta olmaydi. U bunaqa yengil jazo bilan qutulip ketomiydi.He won’t get off easy.
U burnining uchigacha qizarib ketdi. undefinedundefined
Uning burnini yerga ishqalab ishlatish kerak. undefinedundefined
Uning burnini yerga ishqalab ishlatish kerak. undefinedundefined
Uni bunnini yerga ishqalap ishlatish kerey. undefinedundefined
Uni bunnini yerga ishqalap ishlatish kerey. undefinedundefined
U doim galstuk taqib yuradi. U doim galistu taqib yuradi.He always wears a tie.
U doim uzun yubka kiyib yuradi. U doim uzun yupka kiyip yuradi.She always wears long skirts.
U institutga kira olmabdi. U insitga kiro:mapti.He wasn’t accepted at the college.
U kurash bo’yicha chempion bo’lgan. U kurash bo’yicha chempion bo’gan.He was a champion in wrestling.
U maymun yilida tug’ilgan. U maymun yilida tug’ilgan.He was born in the year of the monkey.
U o’n besh daqiqagacha o’ziga kelolmadi. U o’n besh minutgacha o’ziga kelo:madi.I wasn’t able to pull himself together for fifteen minutes.
U parda orqasiga o’tib yig’lab o’tiribdi. U pardani orqasiga o’tib yig’lab o’tiribdi.She’s crying behind the curtain.
U tergovda aybini bo’yniga olmabdi. U tergo’:vda aybini bo’yniga omapti.He didn’t confess to the crime during interrogation.
U tirsagini stolga tirab o’tirgan ekan. U tirsegini istolga tirab o’tirganakan.He was sitting with his elbow on the table.
U xatimga bir haftadan keyin javob yozdi. U xatimga bir haptadan keyin jovob yozdi.He wrote me back a week later.
Uch oydan keyin havo juda issiq bo’ladi. Uch oydan keyin hovo ja issu: bo’ladi.It’ll be really hot in three months.
Uch yildan beri Toshkentda yashayman. Uch yildan biri Toshkenda turaman.I’ve been living in Tashkent for three years.
Ukam har kuni shashka o’ynaydi. Ukam har kuni shashka o’yniydi.My little brother plays checkers every day.
Ukam menga doim xalaqit beradi. Ukam manga doim xalaqit beradi.My little brother is always bothering me.
Ukamga gilos terib berdim. Ukamga gilos teriberdim.I picked some cherries for my little brother.
Ularning uyiga o’g’ri tushibdi. Ulani uyiga o’g’ri tushipti.A burglar broke into their house.
Umrimda bunday to’fonni ko’rmaganman. Umrimda bunaqa to’fonni ko’rmagamman.I’ve never seen such a windstorm.
Unga faqat futbol bo’lsa bo’ldi. Unga paqat futbol bo’sa bo’ldi.All he needs is soccer.
Uning buyragida toshi bor ekan. Uni buyregida toshi bor akan.He has kidney stones.
Uning labining ustida xoli bor ekan. Uni lavini ustida xoli borakan.She has a mole over her lip.
Uning o’n olti yillik tajribasi bor. Uni o’nolti yilliy tajribasi bor.He/she has sixteen years of experience.
Uning otasi prokuror bo’lib ishlaydi. Uni otasi prokuror bo’p ishliydi.His father is a prosecutor.
Uning qaynog’asi hokimiyatda ishlaydi. Uni qaynag’asi hokimyatta ishliydi.His brother-in-law works for the government.
Uning sochi sap-sariq ekan. Uni chochi sap-saru: akan.His hair is very blond.
Urf-odatlarimiz juda ajoyib-da. Urf-odatlarimiza ja ajoyib-de.Our customs are really amazing.
Uy emas, saroy quribsiz! Uymas, saroy quripsiz!You haven’t built a house, you’ve built a palace!
Uyimiz ularnikidan o’n barobar yaxshi. Uyuvza ulanikidan o’n baravar yaxshi.Our house is ten times better than theirs.
Uyimizning oldida archa daraxti o’sadi. Uyimizani oldida archa daraxi o’sadi.There is a juniper tree growing in front of our house.
Uyinglardan tramvayning taqillashi eshitilar ekan. Uyiyladan tramvayyi taqillashi eshitilarkan.You can hear the clacking of the streetcar from your house.
Uzum necha pul bo’libdi? Uzum nechchi pul bo’pti?How much are grapes now?