Indiana University Bloomington
 
CTILD

Home

Gallery

Site Map

Literary languageTashkent dialectEnglish
Sa’vaning peshonasi qizil bo’ladi. Sa’vani peshanasi qizil bo’ladi.The finch has a red forehead.
Sajda oyatini bilasizmi? Sajda oyatini bilasismi?Do you know the verse of prostration?
Saksovul cho’lda o’sadi. Saksovul cho’lda o’sadi.The saksaul grows in the desert.
Salatni 2ta tarelkaga solib olib keling. Salatti 2ta talinkaga sob ob keling.Put the salad on two plates and bring it here.
Salatni sanchqi bilan yeng. Salatti vilka bilam yeng.Eat the salad with a fork.
Samarqandga bir soatdan keyin yetib boramiz. Samarqanga bir sog’ottan keyin yetip boramiza.We’ll be in Samarqand in an hour.
Samarqandning moviy gumbazlarini ko’rganmisiz? Samarqanni moviy gumbazlarini ko’rganmisis?Have you seen the blue domes of Samarqand?
Sartarosh sochimni yaxshi ola olmadi. Sartorosh chochimmi yaxshi olo:madi.The barber did a bad job of cutting my hair.
Sartaroshxonaga bir kishi kirib keldi. Sartoroshxonaga bitta kishi kirip keldi.A man went in to the barber shop.
Savdo-sotiqning mazasi yo’q. Sovda-sotu:vni mazasi yo’:.Business is bad.
Saylovga chiqdingizmi? Saylovga chiqtizmi?Are you taking part in the elections?
Sel kelib hamma narsani oqizib ketdi. Sel kelip hamma narsani oqizip ketdi.The flood washed away everything.
Sentabrgacha ishlarimni bitirib olishim kerak. Sentabrgachen ishlarimmi bitirvolishim kerey.I need to finish my work by September.
Seshanba kuni uchrashamiz-a? Seshanbi kuni uchrashamiza-a?We’re going to see each other on Tuesday, right?