Indiana University Bloomington
 
CTILD

Home

Gallery

Site Map

Literary languageTashkent dialectEnglish
Dadam ishdan keldilarmi? Adam ishtan keldilami?Is dad home from work?
Onam uydamilar? Opam uydamila?Is mom home?
Oyimga salom berdingmi? Oyimlaga salom berdinmi?Did you say hello to grandma?
Rahmatli bobom juda ham qoʻli ochiq odam edilar. Rahmatli dodam judayam qoʻli ochu: odamiydila.Grandad – rest his soul – was a very generous man.
Togʻam qayerdalar? Togʻam qattala?Where’s my uncle?
Bugun ammamnikiga boraman. Bugun ammamlanikiga boraman.I’m going to my aunt’s house today.
Xolamni juda ham yaxshi ko’raman. Xolammi judayam yaxshi ko’raman.I really like my aunt.
Menga amakim mashina haydashni o’rgatganlar. Manga amakim moshina haydashshi o’rgatkanla.My uncle taught me how to drive.
Uning qaynog’asi hokimiyatda ishlaydi. Uni qaynag’asi hokimyatta ishliydi.His brother-in-law works for the government.
Qaynotamni mahallada juda hurmat qilishadi. Qaynatammi mahallada ja hurmat qilishadi.My father-in-law is well-respected in the neighborhood.
Qaynonamni juda yaxshi ko’raman. Qaynanammi ja yaxshi ko’raman.I really like my mother-in-law.
Qaynagachim o’gil uylantiryaptilar. Qaynagachim o’gil uylantirvottila.My sister-in-law’s son is getting married.
Yaqinda qaynisinglimni uzatamiz. Yaqinda qaynisiynimmi uzato:za.My sister-in-law is getting married soon.
Akam menga diskotekaga borishga ruxsat bermaydilar. Akam manga diskotekaga borishka ruxsat bermilla.My big brother doesn’t let me go to dance clubs.
Ukam menga doim xalaqit beradi. Ukam manga doim xalaqit beradi.My little brother is always bothering me.
Katta opamlar pishiriq pishirishga juda ustalar. Kotta opamla pishiru: pishirishka ja ustala.My big sister is really good at making/cooking pishiriq.
Singlim yaqinda ko’ylak tiktirdi. Siylim yaqinda ko’yney tiktirdi.My little sister had a dress made recently.
Nevaralarim hovlida ko’ptok o’ynashyapti. Navaralarim hovlida kopto: o’ynashvotti.My grandkids are playing in the garden/yard.
Chevaralarim ham ko’p. Chavaralarimam ko’p.I also have a lot of great-grandchildren.
Yaqinda yana bitta evaralik bo’lay deyapman. Yaqinda yana bitta avarali bo’liy divomman.I’m about to have another great-great-grandchild.
Kichik jiyanim emaklay boshladi. Kichkina jiyanim emeyliy boshladi.My little nephew/neice has started to crawl.
Kelinimiz to’qishga rosa qiziqadi. Kelinuvza to’qishga rasa qiziqadi.Our daughter-in-law is really interested in knitting.
Kuyovimni juda xursand qilib yubordim. Kuyovimmi ja xursan qivordim.I made our son-in-law very happy.
Eringning bo’yi senikidan ancha baland. Eriyni bo’yi sanikidan ancha balan.Your husband is a lot taller than you.
Xotinimning hamma narsadan xabari bor. Xotinimmi hamma narsadan xavari bor.My wife knows about everything.