Indiana University Bloomington
 
CTILD

Home

Gallery

Site Map

Literary languageTashkent dialectEnglish
Tabib bolaning bilak tomirini ushlab ko’rdi. Tayip bolani biley tomirini ushap ko’rdi.The doctor took the child’s wrist and read his pulse.
U dori ichib bilagining og’rig’ini to’xtatmoqchi bo’ldi. U dori ichip bileyini o:rig’ini to’xtatmoxchi bo’ldi.He/she took some medicine to stop the pain in his/her wrist.
Urushda uning bilagiga o’q tekkan. Urushta uni bileyiga o’q teygan.He was shot in the forearm in the war.
Yigit qizning nozikkina bilagini mahkam ushladi. Yigit qizzi nozu:gina bileyini makkam ushadi.The young man grabbed the girl’s wrist tightly.
Yigitning bilagida igna izi bor ekan. Yigitti bileyida nina izi borakan.The young man had needle marks on his forearm.
Bilagimning tepa qismi shilinib ketdi. Bileyimmi tepa qismi shilinip ketti.I scraped the upper part of my arm.
U bilagimni sindirib yuboray dedi U bileyimmi sindirvoriy didiHe said he’d break my arm.
Xudoga shukur, bilagimda kuchim, yuragimda o’tim bor. Xudoga shukur, bileyimda kuchim, yuregimda o’tim bor.Thanks be to God, I’ve still got strength in my arms and passion in my heart.
Siz bergan soat bilagimga zo’rg’a sig’di. Siz bergan sog’ot bileyimga zo’rg’a sig’di.The watch you gave me barely fit on my wrist.
Bilagimda kuchim qolmadi. Bileyimda kuchim qomadi.I don’t have any strength left in my arms.
Bir ayol bilagimdan ushlab tortdi. Bitta xotin bileyimdan ushap tortti.A woman grabbed me by the arm.
Bilagingiz og’rimayaptimi? Bileyiz o:rimiyaptimi?Does your wrist/arm hurt?
Ko’ylak tiktirsangiz, yengingiz bilagingizning yuqori qismini yopib turadigan bo’lsin. Ko’yney tiktirsez, yengiz bileyizzi tepa qismini yopip turadigan bo’sin.If you’re going to have a shirt/dress made, make sure it covers your upper arm.
Bilagingizni tez-tez harakatlantirib turing. Bileyiizzi tez-tez harakatlantirip turin.Keep moving your wrist a lot.
Bilagingizga qarang. Bileyizga qaren.Look at your arm.
Belingizdan quvvat ketib, bilagingizda kuch qolmaganda tushunasiz buni. Belizdan quvvat ketib, bileyizda kuch qomaganda chushunas buni.When your back becomes weak and you’ve no strength left in your arms, you’ll understand.
Kecha bilagingizda oltin bilaguzuk bor edi. Kecha bileyizda oltin bileguzuk boriydi.Yesterday you had a golden bracelet on your wrist.
Bilagingizdan kuch-quvvat arimasin. Bileyizdan kuch-quvvat arimasin.May you always have strength.
Bilagimiz kuchga to'ldi. Bileguza kuchga to'ldi.We have become strong.
Bilagimizda kuchimiz to’la hali. Bileguzada kuchu:vza to’la hali.We are still strong.
Onam bizni bilagimizdan ushlab bog’chaga olib borardilar. Opam bizani bileyuzadan ushap boxchaga oborardila.Our mom used to take us by the arm and take us to nursery school.
Bilagimizga kuch to‘lgan paytda vaqtning qadriga yetishni bilmaymiz. Bileguzaga kuch to‘lgan paytda voxtti qadriga yetishshi bilmiymiza.When we are strong, we lose our sense of urgency.
U kishining bilaklari juda baquvvat edi. U kishini bileylari ja baqvatiydi.He had really strong arms.
Rivoyatlarga qaraganda, Payg’ambarimiz imomlik qilganlarida o’ng qo’llarini chap bilaklarining ustiga qo’yar ekanlar. Rivoyatlaga qaraganda, Payg’ambarimiza imomliy qiganlarida o’ng qo’llarini chap bileylarini ustiga qo’ya:kanla.According to legend, when the Prophet led the prayer, he would would put his right hand over his left forearm.
Ayollarga yuzlari va bilaklarigacha ochib yurishlariga ruxsat berilgan. Ayollaga yuzlari bilam bileylarigacha ochip yurishlariga ruxsat berilgan.Women were allowed to go around with their faces and hands uncovered.
Bilaklaringizni bo’sh qo’ying. Bileylarizzi bo’sh qo’yin.Relax your arms.
Bola dadasining bilaklaridan ushlab ichkariga tortdi. Bola adasining bileylaridan ushap ichkariga tortti.The child grabbed his father by the arm and pulled him inside.