Literary language | Tashkent dialect | English |
Advokat bilan uchrashishim kerak. |
Advakat bilan uchrashishim kerey. | I need to see a lawyer. |
Siz tergovchimisiz? |
Siz tergoʻvchimisis? | Are you an interrogator? |
Uning otasi prokuror boʻlib ishlaydi. |
Uni otasi prokuror boʻp ishliydi. | His father is a prosecutor. |
Hech kim bolasini jinoyatchi boʻlsin demaydi. |
Hich kim bolasini jinoyatchi boʻsin dimiydi. | No one wants their child to become a criminal. |
Ularning uyiga oʻgʻri tushibdi. |
Ulani uyiga oʻgʻri tushipti. | A burglar broke into their house. |
U bunday yengil jazo bilan qutulib keta olmaydi. |
U bunaqa yengil jazo bilan qutulip ketomiydi. | He won’t get off easy. |
Yaqinda yangi qonun kuchga kiradi. |
Yaqinda yengi qonun kuchka kiradi. | The new law will take effect soon. |
Shoshilib bir yoqlama hukm chiqarib qoʻymang. |
Shoshilip bir yo:lama hukm chiqarip qoʻymeng. | Don’t be hasty and make a one-sided judgement. |
Jinoyat hech qachon jazosiz qolmaydi. |
Jinoyat hich qachon jazosiz qomiydi. | No crime goes unpunished. |
U bilan qamoqda tanishgan ekan. |
U bilam qamo:da tanishkanakan. | He met him in prison. |
U tergovda aybini boʻyniga olmabdi. |
U tergoʻ:vda aybini boʻyniga omapti. | He didn’t confess to the crime during interrogation. |
Qoʻshnimizning uyiga militsiya kelibdi. |
Qoʻshnu:vzani uyiga melisa kepti. | The police came to our neighbor’s house. |