Literary language | Tashkent dialect | English |
Almisoqdan qolgan shkafingingizni buncha yaxshi koʻrasiz? |
Almisodan qogan ishkopizzi muncha yaxshi koʻrasis? | Why do you like that ancient drawer of yours so much? |
Kitoblarni stol ustiga qoʻydim. |
Kitoplani istolli ustiga qoʻydim. | I put the books on the table. |
Ikkita yaxshi stulimiz bor. |
Ikkita yaxshi ustulimiza bor. | We have two good chairs. |
Bola yotadigan karavot uning boʻyiga mos boʻlishi kerak. |
Bola yotadigan kalavot uni boʻyiga mos boʻlishi kerey. | A child needs a bed that fits his height. |
Soatingni tumbochka ustiga qoʻyib qoʻydim. |
Sogʻotiyni tumbichkani ustiga qoʻyip qoʻydim. | I put your watch on the bedside table. |
Har kuni xontaxta atrofida oʻtirib ovqatlanamiz. |
Har kuni xontaxtani atropida oʻtirib ovqatlanamiza. | Every day we eat at the low table. |
Bu gilam juda qimmat turadi. |
Bu gilam ja qimmat turadi. | This carpet is very expensive. |
Palos gilamga qaraganda ancha arzon turadi. |
Polos gilamga qaraganda ancha arzon turadi. | Rugs are much cheaper than carpets. |
U parda orqasiga oʻtib yigʻlab oʻtiribdi. |
U pardani orqasiga oʻtib yigʻlab oʻtiribdi. | She’s crying behind the curtain. |
Yostiq jildlarini kam deganda haftasiga bir marta almashtirib turish kerak. |
Yostu: jildlarini kam diganda haptasiga bir matta almashtirib turish kerey. | You have to change the pillowcases at least once a week. |
Oyim koʻrpa qavishni yaxshi biladilar. |
Oyim koʻrpa qavishshi yaxshi bilalla. | My mom knows how to quilt very well. |
Koʻrpacha solishni bilmas ekansiz. |
Koʻrpacha solishshi bilmas akansis. | You don’t know how to make a bed. |
Xamirni sovutkichga qoʻyib qoʻy. |
Xamirri xolodinniyga qoʻyip qoʻy. | Put the dough in the refrigerator. |
Xonani changyutkich bilan tozalab qoʻy. |
Xonani pilesos bilan tozalap qoʻy. | Vacuum the room. |
Bir piyola choy bering. |
Bir pela choy bering. | I’d like a cup of tea, please. |
Kechqurun bir kosa suyuq ovqat ichib oldim. |
Kechqurun bir kosa suyu: ovqat ichvoldim. | I had some soup in the evening. |
Salatni 2ta tarelkaga solib olib keling. |
Salatti 2ta talinkaga sob ob keling. | Put the salad on two plates and bring it here. |
Ovqatga bir osh qoshiq tomat soling. |
Ovqatka bir osh qoshu: tamat soling. | Add one spoonful of tomato paste to the food. |
Bu tortga bir choy qoshiq kakao solinadi. |
Bu tortga bir choy qoshu: kakao solinadi. | This cake calls for one teaspoon of cocoa. |
Katta qoshigʻimni bering. |
Kotta qoshigʻimmi bering. | Give me my big spoon. |
Salatni sanchqi bilan yeng. |
Salatti vilka bilam yeng. | Eat the salad with a fork. |
Pichoqni charxlash kerak ekan. |
Picho:ni chaxlash kerey akan. | This knife needs sharpening. |
Bir togʻora shaftoli terdik. |
Bir togʻora shoptoli terdu:. | We picked one platter-full of peaches. |
Togʻorachaga un solib qoʻydim. |
Togʻorachaga un sop qoʻydim. | I put some flour in the dish. |
Guruchni kapgir bilan tekislaysiz. |
Guruchchi kapkir bilam tekisliysis. | You smooth out the rice with a skimmer. |
Oshga ikki choʻmich yogʻ solasiz. |
Oshka ikki choʻmich yo: solasis. | Put in two ladles of oil into the pilaf. |
Qozonga sut solib qaynatdim. |
Qozonga sut sop qaynattim. | I put the milk into a cauldron and boiled it. |
Bir choynak choy damlab keling. |
Bir choyney choy damlap keling. | Go brew a pot of tea. |
Bir choygum sovuq suv boʻlsa edi! |
Bir choygum sovux suv boʻseydi! | If only we had a kettle of cold water. |
Laganga osh suzildi. |
Laganga osh suzildi. | The pilaf was served on a platter. |
Derazadan patnisni uzatib yuboring. |
Derazadan pannissi uzatvoring. | Hand me the tray through the window. |
Qozonning qopqogʻini yopdingmi? |
Qozonni qopqogʻini yoptingmi? | Did you put the lid on the cauldron? |
Qasqonni olovga qoʻyib yuboring. |
Qasqonni olovga qoʻyvoring. | Put the steamer on the fire/burner. |
Men kotletni tovada pishiraman. |
Man katletti tovada pishiraman. | I cook meatballs in a frying pan. |
Kastrulkada shoʻrva pishirib koʻrganmisiz? |
Kastrulkada shoʻrva pishirip koʻrganmisiz? | Have you ever tried making soup in a saucepan? |