Literary language | Tashkent dialect | English |
Etigingni kiyib ol. |
Etigiyni kiyvol. | Put on your boots. |
Paltongga nima qildi? |
Paltengga nima qildi? | What did he/she do to your coat? |
Qoʻlqopingni qayerga tashlab kelding? |
Qoʻlqopiyni qatka tashap kelding? | Where did you leave your gloves? |
Baland poshna tuflingni kiyma. |
Balan poshna tupligiyni kiyma. | Don't wear your high-heeled shoes. |
Botinkam shkafning ichida. |
Batinkam ishkoppi ichida. | My hard shoes are in the closet. ?? |
Kalishimning bir poyini topa olmayapman. |
Kalishimmi bir poyini topomiyamman. | I can't find one of my rubbers. |
Oyim menga paypoq toʻqib berdilar. |
Oyim manga paypo: toʻqiberdila. | My mom knitted me some socks. |
Kostumingning tugmasini taqib ol. |
Kostumiyni tu:masini taqvol. | Button your jacket. |
Shimimni dazmollab bering. |
Shimimmi dazmollabering. | Iron my pants for me. |
Oyogʻimga maxsi kiyib oldim. |
Oyogʻimga maxsi kiyvoldim. | I put on a pair of leather soleless boots. ?? |
U boʻyniga uzun ipak sharf oʻrab olgan edi. |
U boʻyniga uzun ipey sharp oʻravoganiydi. | She had a long silk scarf wrapped around her neck. |
U doim galstuk taqib yuradi. |
U doim galistu taqib yuradi. | He always wears a tie. |
Boshiga roʻmol oʻrab olgan qiz mening singlim. |
Boshiga roʻmol oʻravogan qiz mani siynim. | That girl with the headscarf on is my little sister. |
Men krossovka kiyib yurishni yoqtiraman. |
Man krassopka kiyip yurishshi yoqtiraman. | I like wearing sneakers/sport shoes. |
Yangi olimpiyka sotib oldim. |
Yengi alimpiyka sotivoldim. | I got a new t-shirt. |
Koʻylagingni kir qilib qoʻymagin. |
Koʻynegiyni kir qip qoʻymagin. | Don't get your dress/shirt dirty. |
U doim uzun yubka kiyib yuradi. |
U doim uzun yupka kiyip yuradi. | She always wears long skirts. |
Bugun ishga pushti kofta kiyib boraman. |
Bugun ishka pushti kofta kiyip boraman. | I'm going to wear my pink jacket to work. |
Oʻrtasida qizning rasmi bor sviteringni nega kiymay qoʻyding? |
Oʻrtasida qizzi rasmi bor sviteriyni ne:y kiymiy qoʻyding? | Why did you stop wearing that sweater with the girl's picture on it? |
Kamar taqib olishing kerak ekan. |
Kamar taqivolishing kerey akan. | You are supposed to wear a belt. |
Lozim oʻzbek ayollarining anʻanaviy kiyimlaridan biri. |
Lozim oʻzbek ayollarini anʻanaviy kiyimlaridan biri. | Pantaloons are part of Uzbek women's traditional dress. |
Toʻyda qudalarga toʻn kiydirishdi. |
Toʻyda qudalaga chopon/toʻn kiydirishdi. | They gave quilted coats to the bride's/groom's parents at the wedding. |